insurez
11-07-2025 15:01

Qashqadaryodan keluvchi suv tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda


Nurobod tumani Olg‘a mahallasi aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlab kelayotgan, Qashqadaryo viloyati hududidan keluvchi suv tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

“Samarqandsuvta’minoti” MCHJ Nurobod tuman filiali tomonidan nosozliklar aniqlangan joylarda ta’mirlash va tiklash ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. 

Mazkur ishlar aholining toza va sifatli ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini uzluksiz qondirish, ularning turmush sharoitini yanada yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, nosozliklar qisqa muddatlar ichida to‘liq bartaraf etilishi rejalashtirilgan.

Teglar
- -