insurez
27-02-2025 10:59

Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!


2025-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida yuqori saviyada keng nishonlanadi.

Bu yilgi Navro‘z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan va ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish maqsadida, ular uchun bayram dasturxoni yoziladi hamda turli xayriya tadbirlari o‘tkaziladi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, bayram arafasida barcha hududlarda, ko‘cha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish aksiyalarini, umumxalq hasharlarini o‘tkazishga alohida e’tibor qaratiladi.

Umumxalq sayillari uyushtiriladigan asosiy maydonlar, ko‘cha va xiyobonlar milliy uslubda bayramona bezatiladi.
 

Teglar
- -