Probatsiya hisobida turuvchi yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi
Nurobod tumanida tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi yoshlar bilan uchrashuv va muloqotlar tashkil etilib, ularni qiynayotgan muammolarga ijobiy yechim topish borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, Nurobod tumani sektor hududlaridagi nazorat ostida turuvchi yoshlarning tadbirkorlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Probatsiyada turuvchi yoshlar tumandagi tadbirkorlik subyektlari va sanoat korxonalariga tashrif buyurib, ular faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Uchrashuv yakunida ishlash istagini bildirgan 4 nafar yoshlar korxonalarga ishga joylashtirilib, bandligi ta'minlandi.
Kelgusida qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish, yoshlarning huquqiy ongini oshirish, bandligi ta'minlash orqali vaqtlarini mazmunli o'tkazish va hayotda o'zlarining munosib o'rinlarini topishlariga ko'maklashish maqsadida tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar joylarda davom etmoqda.