Probatsiya hisobida turuvchi fuqarolarning bandligi ta'minlanmoqda
Nurobod tumanida tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi yoshlar bilan turli uchrashuv va muloqotlar tashkil etilib, ularni qiynayotgan muammolarga ijobiy yechim topish borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bugun Nurobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari M.Erkinov sektor hududidagi probatsiyada turuvchi yoshlar bilan uchrashuv o'tkazib, ularning murojaat, savol va takliflarini tingladi hamda murojaatlarning yechimi yuzasidan mas'ullarga kerakli tavsiya va topshiriqlar berdi.
So'ngra tuman bandlik bo'limi bilan hamkorlikda "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi tashkil etilib, 6 nafar nazoratdagi shaxslarning bandligi ta'minlandi.
Shuningdek, yoshlarning tumandagi tadbirkorlik subyektlari va sanoat korxonalariga tashrifi hamda ilg'or va tashabbuskor tadbirkorlar bilan uchrashuvi tashkil etilib, ular faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Yoshlarning huquqiy ongini oshirish, murojaat va muammolarini tinglash, bandligi ta'minlash orqali vaqtlarini mazmunli o'tkazish va hayotda o'zlarining munosib o'rinlarini topishlariga ko'maklashish maqsadida tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar joylarda davom etmoqda.