Probatsiya guruhi hisobida turuvchi yoshlarning bandligini ta'minlash, ular o'rtasida sport musobaqalari, kitobxonlik tadbirlari va "Bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi" o'tkazildi
Yurtimizda probatsiya hisobida turuvchi fuqarolar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bugun Nurobod tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi yoshlarning bandligini ta'minlash, ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va daromad topishlariga ko'maklashish maqsadida hududdagi bo'sh ish o'rinlari bilan tanishtirish maqsadida ular o'rtasida sport musobaqalari, kitobxonlik tadbirlari va "Bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi" o'tkazildi.
Yakunda musobaqalarda g'olib bo'lgan yoshlar munosib taqdirlanib, ishlash istagida bo'lgan fuqarolarning bandligi ta'minlandi.