Po‘latchi MFYda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Bugun Po‘latchi mahalla fuqarolar yig‘inida “Qaynonam – onam mening, kelinim – bolam mening” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimining o'rinbosari Z.Sadinova, oqila ayollar harakati, ibratli oila a’zolari, otinoyilar hamda mahalla ayollari ishtirok etishdi.
Tadbirning asosiy maqsadi – qaynona va kelin o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlarni shakllantirish, jamiyatda ajrimlarning oldini olish, oilaviy kelishmovchiliklarni ijobiy hal qilish yo‘llarini ko‘rsatib berishdan iborat bo‘ldi.
Shuningdek, oiladagi qut-baraka, farzand tarbiyasida ayolning beqiyos o‘rni, kelinlarning yangi oilaga moslashuvi jarayonida qaynona va boshqa oila a’zolarining mas’uliyati haqida fikrlar bildirildi.
Ushbu tashabbus mahalla hayotida mustahkam oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qilish, totuvlik va mehr-oqibat muhitini kuchaytirishga xizmat qiladi.