insurez
13-12-2024 11:40

Pirotexnika vositalaridan aslo foydalanmang!


Ayni kunlarda yurtimizda bayram shukuhi hukmron, chunki xalqimizning eng sevimli bayramlaridan biri, qalblarni quvonchga to'ldirguvchi "Yangi yil" bayrami eshik qoqmoda.

Ammo shunday quvonchli bayram arafasida uchrab turadigan ba'zi holatlar borki, dilni xira qiladi — bu, pirotexnika vositalaridir.

Pirotexnika vositalari atrof-muhit va insonlar salomatligi, hatto hayotiga jiddiy xavf solib, ba'zan kuchli yong'inlarga ham sabab bo'ladi.

 Pirotexnika vositalaridan foydalanish quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:

🔹tananing yuz, ko‘z, qo‘l sohalarida og‘ir chuqur kuyish jarohatlarining yuzaga kelishi;

🔹ko‘zlarning shikastlanishi natijasida ko‘rish faoliyatining qisman yoki butunlay buzilishi;

🔹olingan kuyish jarohatidan keyin plastik operatsiyalar o‘tkazishga muhtojlik;

🔹kuygan sohalarda dag‘al chandiqlar, qo‘l barmoqlari sohalarida kontrakturalar hosil bo‘lishi;

🔹asoratlar bemorlarning ruhiy holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi;

🔹kuchli yong‘in holatlari va boshqalar.

Shu munosabat bilan,  Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan bayramni osuda o‘tkazish maqsadida barcha xavfsizlik qoidalariga rioya etishni so‘raydi!

Pirotexnika vositalaridan aslo foydalanmang! O'zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavfga qo'ymang!

Teglar
- -