Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda olib kirish javobgarlikka sabab bo‘ladi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika vositalari aylanishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2009-yil 10-dekabrdagi 309-son qaroriga asosan , O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari pirotexnika vositalarini noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish holatlarini aniqlash va ularga barham berish, aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishgacha qonunda belgilangan javobgarlikka tortish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish belgilanib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va jinoyat kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1851-moddasiga ko‘ra, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, xuddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekistondan olib chiqish, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha (5 mln 625 ming so‘mdan 11 mln 250 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki O‘zbekistonga olib kirish, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha (9 mln 375 ming so‘mdan 18 mln 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 2501-moddasiga ko‘ra, Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish:
a) ko‘p miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli residivist tomonidan;
g) mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa;
d) badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa;
v) odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish:
a) odamlar o‘limiga;
b) boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
Ogoh bo‘ling! Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...
Fahriddin Tilavov,
Nurobod tumani adliya bo'limi
yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti