insurez
04-04-2026 12:57

Pillachilik — barqaror daromad va keng imkoniyatlar manbai!


Bugungi kunda mamlakatimizda pillachilik sohasiga bo‘lgan e’tibor yanada kuchayib, aholi uchun yangi daromad manbalari yaratilmoqda. Ushbu yo‘nalishda mehnat qilayotgan fuqarolar uchun bir qator qulaylik va imtiyozlar joriy etilgan.

Xususan, yetishtirilgan har bir kilogramm pilla uchun korxonalar tomonidan 40 000 so‘m miqdorida to‘lov amalga oshiriladi. Bundan tashqari, davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda har bir kilogramm uchun 15 000 so‘m subsidiya ajratilmoqda. Bu esa pillachilik bilan shug‘ullanuvchi oilalarning daromadini sezilarli darajada oshirishga xizmat qilmoqda.

Eng muhimi, ushbu faoliyat bilan shug‘ullangan fuqarolarga bir yillik mehnat staji hisoblanadi. Shu bilan birga, ular uchun imtiyozli kreditlar olish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, o‘z faoliyatini kengaytirish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Qisqacha aytganda, bor-yo‘g‘i bir oylik mehnat evaziga bir oila o‘rtacha 4–5 million so‘mgacha daromad topishi mumkin. Bu esa nafaqat oilaviy byudjetni mustahkamlash, balki turmush farovonligini oshirish uchun muhim omildir.

Pillachilik — mehnatga yarasha daromad, kelajakka ishonch va yangi imkoniyatlar demakdir!

Hurmatli Nurobodliklar!

Agar siz ham pillachilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lsangiz, “Nurobod Agropilla” MCHJ rahbari Olmos Diyarovga murojaat qilishingiz mumkin:
📞 +998-94-280-00-10

 

Teglar
- -