insurez
01-05-2025 09:26

Paxta parvarishi bo‘yicha seminar tashkil etildi


Bugun Nurobod tumani Boshquduq mahallasida paxta yetishtirish va parvarish qilishning zamonaviy usullariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda tumandagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari, agronomlar, tajribali dehqonlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etishdi. Tadbirning asosiy maqsadi – paxta hosildorligini oshirish, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri va samarali olib borish hamda zararkunandalarga qarshi kurashishning innovatsion uslublarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Seminar davomida mutaxassislar paxtaning vegetatsiya davridagi muhim bosqichlari, o‘g‘itlash tizimi, suv bilan ta’minlash, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashish usullari haqida mashg‘ulotlar olib borishdi.

Seminar fermer va dehqonlar o'rtasida bilim almashish, tajriba bo‘lishish va dolzarb muammolarni birgalikda hal qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Teglar
- -