O‘zLiDeP fraksiyasi a'zolaridan iborat ishchi guruh Nurobod tumani Sazag‘on mahallasida qurilayotgan quyosh elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi
O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolaridan iborat ishchi guruh Nurobod tumani Sazag‘on mahallasida qurilayotgan, umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan 2 ta “Sazag‘on-1” va “Sazag‘on-2” quyosh elektr stansiyasi loyihasi bilan tanishdi.
Loyihaning umumiy qiymati 1,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, investitsiya Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan kiritilgan. Qurilish ishlarini Hindistonning “Larsen & Toubro” va mahalliy pudratchilar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Loyihaning dastlabki quvvati 2026-yil, to‘liq ishga tushirilishi esa 2027-yil 4-choragida rejalashtirilgan.
Natijada yiliga 2340 mln kVt-soat “yashil” energiya ishlab chiqariladi. Bu esa 975 ming xonadonni elektr bilan ta’minlashga, 709 mln kub metr gazni tejashga va 983 ming tonna zararli chiqindilarni kamaytirishga xizmat qiladi.