insurez
25-04-2025 16:31

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi “Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish сhora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-103-sonli qarori ijrosi amalda


Nurobod tumanida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni islohotlar jarayoniga faol jalb etish maqsadida "Nurobod ayollari — islohotlar yetakchisi" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Ushbu tadbirlarda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Z.Saidova, tuman hokimi o‘rinbosari I.Haqqulova, xotin-qizlar faollari, keng jamoatchilik vakillari va o‘quvchi qizlar ishtirok etdilar.​

Tadbir davomida Z.Saidova mamlakatimizda xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ularning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi va jamiyatda faol ishtirok etishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, tuman xotin-qizlarining erishayotgan yutuq va muvaffaqiyatlari, tashabbuskorligi munosib e'tirof etildi.​

Bu kabi tadbirlar xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini mustahkamlash, ularni islohotlar yetakchisiga aylantirishga xizmat qilmoqda. Nurobod tumanida xotin-qizlarning faolligini oshirishga qaratilgan bunday tashabbuslar davom etmoqda.

Teglar
- -