insurez
28-03-2025 15:13

O‘zbekiston chempionatida Samarqandlik voleybolchi qizlar g‘alaba qozondi


Jizzax viloyatida sportning voleybol turi bo'yicha U-15 qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati o‘tkazildi. 

Musobaqaning final bosqichida  viloyatimiz jamoasi birinchilikni egallab, mamlakat chempioni bo‘lishdi.

Chempionat g'oliblari diplom va sovg'alar bilan taqdirlandi.

Viloyatimiz sharafini munosib himoya qilgan jamoa safida 5 nafar Nurobod tumani Sport maktabi tarbiyalanuvchi qizlari faol ishtirok etishdi.

Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqa mamlakat milliy terma jamoasiga munosib sportchilarni saralab olishda muhim bosqich hisoblanadi.
 

Teglar
- -