Ov qoidalari tushuntirilmoqda
Nurobod tumani hokimligida tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo'limi tomonidan tumandagi ovchilar va fermer xo'jaliklari ishchi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-105-Farmonining tumandagi ijrosi yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilish davomida tumandagi yaylovlar, to'qay va qir-adirlarda, ko'llarda ovchilik va baliqchilik qoidalariga amal qilish, hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzmaslik hamda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot yoki o‘simlik dunyosini nobud qilmaslik borasida kerakli tushuncha va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ovchilarga ov qurollarini saqlash va olib yurish hamda ovchilik va ov xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun talablari yuzasidan kerakli tushuntirish va ma'lumotlar berildi.