insurez
24-07-2025 10:46

O‘quv seminari tashkil etildi


Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida tumanda amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Jumladan, Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Nurobod tumani bo‘limi boshlig‘i Xurshid Jo'raboyev tashabbusi bilan tumandagi tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mahalla yettiligiga o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur seminar davomida Farmonda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, pensiya va nafaqa ta’minotini yanada samarali tashkil etish, shuningdek, mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, amaliy vazifalar yuzasidan tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Teglar
- -