insurez
12-06-2024 16:51

Ona va bola salomatligi – oila mustahkamligining muhim omili


Bugun Nurobod tumani tibbiyot birlashmasiga sog’liqni saqlash vaziri o’rinbosari Elmira Basitxanova tashrif buyurib, tumanda onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi. Tashrif davomida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, tuman hokimligi mas’ullari, tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan o‘tkazilgan davra suhbati davomida reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar hamda bolalar uchun ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish, perinatal markazlarni zarur tibbiy texnika va buyumlar bilan jihozlash, malakali kadrlar bilan ta’minlash kabi ustuvor vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Suhbat davomida onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar natijasida onalar va go‘daklar o‘limining keskin kamayishiga erishilganligi hamda Samarqand viloyati bu borada eng yaxshi ko‘rsatkichlardan birini qayd etayotgani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, birlashmada onalar va bolalarga, homilador ayollarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, onalar va bolalar o‘rtasidagi turli kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash va sog‘lomlashtirish, tibbiy genetika hamda zamonaviy skrining dasturlarining amaliyotga joriy etilishi, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar batafsil o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kerakli tavsiya va maslahatlar berildi.

Teglar
- -