Omondara mahallasida sayyor qabul va jinoyatchilik muhokamasi o'tkazildi
Nurobod tumani prokuraturasi tomonidan tumanning olis Omondara mahallasida aholi uchun sayyor qabul o'tkazildi.
Unda tumandagi korxona va tashkilotlar vakillari, tegishli mas'ullar, mahalla fuqarolari va yoshlari ishtirok etishdi.
Qabul davomida 20 ga yaqin murojaatlar yo'llanib, fuqarolarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichki yo'llar ta'miri, kadastr, aliment, tibbiyot kabi sohalar yuzasidan muammo va takliflari tinglandi.
Murojaatlarning qonuniy yechim topishi, qisqa fursatlarda ijobiy hal etilishi bo'yicha mas'ullarga tegishli vazifa va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, mahalla hududida sodir etilgan jinoyatchilikning muhokamasi o'tkazilib, uning sabab va oqibatlari batafsil tahlil etildi hamda bunday holatlar takrorlanishining oldini olish yuzasidan nuroniylar va mahalla faollari bilan hamkorlikda qilinadigan ishlar yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilandi.