insurez
15-08-2025 11:09

Olg‘a mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi


Bugun Nurobod tumanining olis Olg‘a mahallasida tuman hokimi o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hudud aholisi bilan uchrashuv o‘tkazib, mahalla hayotiga oid eng dolzarb masalalarni muhokama qildi.

Uchrashuvda aholini qiynayotgan muammolar va takliflar tinglanib, har bir masalani hal etish bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Uchrashuv davomida hududda kambag‘allikni qisqartirish maqsadida amalga oshirilayotgan drayver loyihalar bo‘yicha fuqarolar bilan keng qamrovli muhokama bo‘lib o‘tdi. 

Bu jarayonda aholining bandligini ta'minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari alohida e’tiborda bo‘ldi.

Teglar
- -