insurez
16-09-2025 18:37

Og‘ir toifadagi yoshlar muammolari va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov rahbarligida tumandagi otaliqqa olingan va “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlash masalalari muhokama qilindi.

Unda tuman prokurori J.Abdixakimov, hokim o‘rinbosarlari, huquq-tartibot organlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda yoshlar bilan ishlashga mas’ul mutasaddilar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, ayrim rahbarlarning sustkashligi keskin tanqid qilindi.

Tuman rahbari og‘ir toifadagi yoshlarni muammolarini amalda hal qilish, ularni haqiqiy daromad keltiradigan ish o‘rinlariga joylashtirish lozimligini qat’iy ta’kidladi.

Shuningdek, mas’ul rahbarlarga “Otaliqqa olish”, “Yoshlar daftari”, probatsiya hisobidagi va chet elga ketgan yoshlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning bandligi va ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -