insurez
09-09-2025 11:47

Og‘ir toifadagi yoshlar muammolari alohida e’tiborda


Bugun Nurobod tumani hokimligida yoshlar masalalariga oid muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda DXX tuman bo‘linmasi rahbari E.Oripov, tuman prokurori J.Abdixakimov, tuman IIB boshlig‘i A.Otamuradov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari, yoshlar yetakchilari hamda huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda otaliqqa olingan yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi. Bu jarayonda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlarga ogohlantirishlar berildi.

Shuningdek, og‘ir toifadagi yoshlarning muammolarini chuqur o‘rganish, ularni ko‘zbo‘yamachilik va qog‘ozbozliksiz, balki haqiqiy daromad manbai bo‘lgan ish o‘rinlari bilan ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

Mas’ullarga “Otaliqqa olish”, “Yoshlar daftari” hamda probatsiya hisobida turgan va chet elga ketgan yoshlar bilan doimiy muloqotda bo‘lish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Teglar
- -