insurez
23-09-2024 15:53

Og‘ir sharoitdagi ishda 15 yildan beri ishlayman. Kelajakda pensiyaga chiqishda menga imtiyoz beriladimi?


“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi  Qonunning 12-moddasiga muvofiq, mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar:
 
- erkaklar — ish staji kamida 25 yil bo‘lib, bundan kamida 12 yil-u 6 oyi ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda;
 
- ayollar — ish staji kamida 20 yil bo‘lib, bundan kamida 10 yili ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Teglar
- -