Odam savdosi - asr vabosi
Odam (chaqaloq) savdosi – kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan foydalanish, o‘g‘irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni to‘lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og‘dirib olish orqali odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish. Odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning boshqa shakllarini, majburiy mehnat yoki xizmatlarni, qullik yoki qullikka o‘xshash odatlarni, erksiz holat yoxud inson a’zolari yoki to‘qimalarini ajratib olishni anglatadi.
Odam (chaqaloq) savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxs – mustaqil ravishda yoki bir guruh shaxslar tarkibida odam savdosi bilan bog‘liq har qanday harakatni sodir etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek o‘z harakatlari bilan odam savdosiga ko‘maklashadigan, xuddi shuningdek garchi o‘z mansab vakolatlariga ko‘ra to‘sqinlik qilishi va qarshi kurashishi shart bo‘lsa ham odam savdosiga to‘sqinlik qilmaydigan yoki qarshi kurashmaydigan mansabdor shaxs ekanligi ko‘rsatilgan.
Ayrim yurtdoshlarimiz xorijda ishlashni orzu qilib turli yo‘llar bilan chet ellarga ketmoqda. Oqibatda ko‘plab hamyurtlarimiz ish haqi olmasdan og‘ir sharoitlarda mehnat qilib, sog‘lig‘i va bor budidan hatto jonidan ayrilayotganligi ham bor haqiqat. Ular orasida ayollarning fohishabozlik bilan shug‘ullanishiga jalb etilishi, bolalar mehnatining ekspluatasiya qilinishi ayanchli oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.
Samarqand viloyat sudining sudyasi M.Ergashev
Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudining raisi J.Arslanov