“Obod qishloq va Obod mahalla davlat dasturlarining ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida brifing o‘tkazildi
Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ibodullayev Mirjalol Beknazar o‘g‘li ishtirokida “Obod qishloq va Obod mahalla davlat dasturlarining ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-404-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nurobod tumanida 7 ta maktab, 1 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1 ta “Damxuja-Nurobod” suv tarmog‘i, 2 ta EIZ yo‘llarni ta’mirlash va 16 mVa podstansiya o‘rnatish ishlarini amalga oshirish belgilangan.
Jumladan:
1. Amir Temur MFYdagi 1-son maktabni rekonstruksiya qilish loyiha qiymati 2 351 mln. so‘mlik 300 o‘rinli bino qurish pudratchi "Nurobod sam invest" MCHJ tomonidan foydalanishga tayyor holatga keltirildi.
2. Saroy MFYdagi 10-son maktabni rekonstruksiya qilish loyiha qiymati 1 848 mln. so‘mlik 240 o‘rinli bino qurish pudratchi "Nurobod sam invest" MCHJ tomonidan foydalanishga tayyor holatga keltirildi.
3. Xalqobod MFYdagi 4-son maktabni rekonstruksiya qilish loyiha qiymati 1 515 mln. so‘mlik 150 o‘rinli bino qurish pudratchi "Nurobod sam invest" MCHJ tomonidan foydalanishga tayyor holatga keltirildi.
4. Olg‘a MFYdagi 27-son maktabni rekonstruksiya qilish loyiha qiymati 1 413 mln. so‘mlik 120 o‘rinli bino qurish pudratchi "Titan stroy" MCHJ tomonidan foydalanishga tayyor holatga keltirildi.
5. Qilichli MFYdagi 34-son maktabni rekonstruksiya qilish loyiha qiymati 2 217 mln. so‘mlik 210 o‘rinli bino qurish pudratchi "Elbek Nurbek Servis" MCHJ tomonidan foydalanishga tayyor holatga keltirildi.
6. Olg‘a MFYdagi 62-son maktabni rekonstruksiya qilish loyiha qiymati 1 729 mln. so‘mlik 180 o‘rinli bino qurish pudratchi "Nurobod yo‘lovchi ta’mir" MCHJ tomonidan foydalanishga tayyor holatga keltirildi.
7. Buloqboshi MFYdagi 53-son maktabni mukammal ta’mirlash loyiha qiymati 3 146 mln. so‘mlik 320 o‘rinli binosini ta’mirlash pudratchi "Nurobod sam invest" MCHJ tomonidan foydalanishga topshirildi.
8. Saxoba MFY Tutli qishlog‘ida 90 o‘rinli MTM loyiha qiymati 3 463 mln. so‘mlik 90 o‘rinli binoda pudratchi "SAMKAT KAMRON" XK tomonidan ichki va tashqi pardozlash ishlari olib borilmoqda.
9. Nurobod tumanidagi "Nurobod-Damxo‘ja" suv saqlash inshootini rekonstruksiya qilish hamda Nurobod shahri Nurbuloq, Po‘latchi, Sho‘rchi,Yuksalish, Omonboy, Kechkeldik, Nurdum, Sharq Yulduzi, Achamayli, Yangiqishloq, Mash’al, Madaniyat, Sho‘robod va Qilichli aholi punktlari va sihatgohlar uchun ichimlik suv tizimlarini qurish ishlari doirasida loyiha qiymati 20 000 mln. so‘mlik 45 km ichimlik suvi tarmog‘i "Yangi zamon bino" MCHJ tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda.
10. Urgut-2 SIZ Sazag‘on massivida yangi avtomobil yo‘llarni qurish loyiha qiymati 9 000 mln. so‘m 4.5 km yo‘llarni ta’mirlash "Nev TECH Samarqand" tomonidan asfaltlash ishlari bajarildi.
11. Urgut SIZ Sazag‘on massivida 16 mVa podstansiyaning 2-bosqich ishlarni amalga oshirish loyiha qiymati 2 500 mln. so‘m 16 mVali podstansiya o‘rnatish "Olmos uychi" XK tomonidan tayanch ustunlari olib kelingan bo‘lib, qurilish ishlari olib borilmoqda.
“Tashabbusli byudjet” loyihalari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-aprelda “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-5072-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorlari qabul qilindi.
Mazkur qarorlarga ko‘ra:
Joriy yilning 16-martdan 4-aprel kuniga qadar o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz yig‘ib g‘olib bo‘lgan takliflar, ovozlar soniga ko‘ra, yuqoridan pastga tamoyili asosida, shuningdek, “Fuqarolar tashabbusli jamg‘armasi”da shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib, 13 ta taklif tashabbuskorlari jami 56 092 ta ovozlar yig‘ib, 17 mlrd. 300 mln.so‘m mablag‘lar bilan g‘olib bo‘lishdi.
Ushbu loyihalar ijrosi yuzasidan:
1. Qo‘rg‘oncha MFY Qo‘rg‘oncha qishlog‘ining 2.8 km ichki yo‘llarini asfaltlashtirish uchun pudratchi "KAR DAV STROY S" MCHJ tomonidan asfalt yotqizish ishlari yakunlandi.
2. Jom MFY Dukur guzaridan Tinchlik guzarigacha bo‘lgan 2.8 km yo‘llarini asfaltlashtirish uchun pudratchi "XURSHIDTRANS-KATK" MCHJ tomonidan asfalt yotqizish ishlari yakunlandi.
3. Qo‘rg‘oncha MFY Sahro qishlog‘i hududidagi 2.8 km yo‘llarini asfaltlashtirish uchun pudratchi "XURSHIDTRANS-KATK" MCHJ tomonidan asfalt yotqizish ishlari yakunlandi.
4. Qo‘rg‘oncha MFY 4N 632 Sepki–Oltio‘g‘il qishloq avtomobil yo‘lining 2.6 km qismini asfaltlashtirish uchun pudratchi “505-SON MKMK” MCHJ tomonidan asfaltlash ishlari bajarildi.
5. Omondara MFY Samarqand-Qalqamani bog‘lovchi Yo‘rg‘abuloq yo‘lining 2.1 km qismini asfaltlashtirish uchun pudratchi “QURUVCHI-BUNYODKOR DIZAYN” MCHJ tomonidan asfaltlash ishlari bajarildi.
6. Qo‘rg‘oncha MFY Teraksoy qishlog‘i hududidagi 2.9 km yo‘llarni asfaltlashtirish uchun pudratchi "XURSHIDTRANS-KATK" MCHJ tomonidan asfalt yotqizish ishlari yakunlandi.
7. Buloqboshi MFY Sepki qishlog‘idagi “Sepki oilaviy poliklinikasi”ni yangidan qurish bo‘yicha pudratchi "Mundiyon Bektoshbek" MCHJ tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda.
8. Boshquduq MFY dan Pastdarg‘om tumaniga bog‘lovchi yo‘lning 1.7 km qismini asfaltlashtirish uchun pudratchi "TEX NUR KAFOLAT" MCHJ tomonidan asfaltlash ishlari bajarildi.
9. Xalqabod MFY hududidagi elektr ta’minotidagi qurilish ishlariga pudratchi "Shunqor Ahmedov" MCHJ tomonidan temir-beton ustunlari hamda transformator o‘rnatish ishlari yakunlandi.
10. Arabota MFY Tim qishlog‘i hududidagi 2.2 km qismini asfaltlashtirish uchun pudratchi "TEX NUR KAFOLAT" MCHJ tomonidan asfaltlash ishlari bajarildi.
11. Po‘latchi MFY binosini yettilikga mo‘ljallangan zamonaviy qilib yangidan qurish uchun pudratchi "Zoir Mansur" XK tomonidan ichki santexnik ishlari olib borilmoqda.
12. Tegirmonboshi MFY, Galasherik va Haprin guzarlarining 1.1 km ichki yo‘llarini asfaltlashtirish va mavsumiy yog‘ingarchilik suvlari uchun asfaltning yonidan latok-ariqlarni o‘rnatish uchun pudratchi “NUR-KRISTALL” MCHJ tomonidan asfalt yotqizish ishlari yakunlandi.
13. Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Markaziy shifoxonani ta’mirlash uchun pudratchi "Jamshidjon unversal savdo" XK tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda.
Tumanda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va 2024-yil 2-mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib, 10 ta taklif tashabbuskorlari, 13 mlrd. 600 mln.so‘m mablag‘lar bilan g‘olib bo‘lishdi.
Jumladan:
1. Tumandagi “Sazag‘on” MFYdagi ta’mirtalab ichki yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizish,
2. “Ag‘ron” va “Navbahor” MFYlar o‘rtasidagi asosiy yo‘lning yangi asfaltlash tugallanmay qolgan 2500 m qismini asfaltlash.
3. “Jarquduq” MFY Jarquduq qishlog‘idagi ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizish.
4. Buloqboshi MFY Sepki qishlog‘ida joylashgan 53-sonli umuta’lim maktabi hududidan, maktabga qarashli bo‘sh yer maydonidan o‘ralgan sport kompleksi (2 ta sun’iy qoplamali ministadion, yuvinish va kiyinish xonalari, voleybol, basketbol, workout maydonchalari)ni qurish.
5. “Qo‘rg‘oncha” MFY 4N-632 “Sepki Oltio‘g‘il qishloq” avtomobil yo‘lining 7-4 km qismiga asfalt yotqizish.
6. “Qo‘rg‘oncha” MFY ga qarashli Sahro (Kattasoy, Ostonabobo, Oqtosh, Langar, Shibarli, Istiqlol, Buloqboshi, Teraksoy) guzarlaridagi eskirgan simyog‘ochlar o‘rniga yangi beton ustunlar o‘rnatish va yuklamada ishlayotgan transformatorlarni yangisiga almashtirish.
7. “Qo‘rg‘oncha” MFY Qo‘rg‘oncha qishlog‘ining 3000 metr ichki yo‘liga asfalt qoplamasi yotqizish.
8. Tegirmonboshi va Karmovul guzarlarining ichki yo‘llarini asfalt qoplamali yo‘l qilish.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 16-sentyabrdagi 23-9-19264-sonli xatiga asosan, mahalladagi mavjud aholi sonidan ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan loyihalar qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topilgan:
9. Oltinsoy mahallasi Uzku qishlog‘idagi temir yo‘l o‘tkazgich joyi bilan Uzku qishloq Ajrimota qabristoniga boradigan 1,392 km yo‘lga asfalt qoplamasini yotqizish.
10. Markaziy shifoxona binosining tashqi va ichki fasad qismi va ichki yo‘laklarini ta’mirlash.
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 2024-yil 19-sentyabrdagi VI-91-91-7-99-Q/24-sonli qarori qabul qilinib, byurtmachi korxonalarga loyiha-smeta hujjatlari hamda tendir savdolariga joylashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi bo‘yicha
Tumandagi Navro‘z MFY hududidan 2 ta 40 xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi belgilangan bo‘lib, ushbu ko‘pqavatli uy-joylar "Nurobod yo‘lovchi ta’mir" MCHJ hamda "O‘zpro building" MCHJ tomonidan 2 ta 5 qavatli, 40 xonadonli uy-joylar foydalanishga topshirildi.
Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida
Elektr energiyasi bo‘yicha
- Mash’al MFYda 46 dona temir beton ustunlari, 1 transformator hamda 1.5 km havo tarmog‘i tortildi.
- Sharq Yulduzi MFYda 58 dona temir beton ustunlari, 1 transformator hamda 1.8 km havo tarmog‘i tortildi.
- Omondara MFY 16 km elektr havo tarmog‘i tortildi.
Yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha
Nurdum MFY 2.0 km, Po‘latchi MFY 2.0 km, Mash’al MFY 2.0 km, O‘rtabuz MFY 2.0 km, Qilichli MFY 1.0 km, Ittifoq MFY 1.0 km, Nurbuloq MFY 5.0 km, jami 15 km shag‘allashtirildi. Ulus MFY 1.0 km asfalt yotqizildi.
Suv ta’minoti bo‘yicha
Do‘stlik MFYda 1 dona suv inshooti hamda 7.0 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.
Ulus MFYda 1 dona suv inshooti hamda 5.0 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.
Ijtimoiy soha ob’yektlari bo‘yicha
17-sonli maktab joriy ta’mirlandi, 7-sonli DMTT qo‘shimcha binolari qurilish hamda joriy ta’mirlash ishlari olib borildi