Nurobodlik yoshning murojaati ijobiy yechim topdi
Joriy yilning 17-aprel sanasida Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman hokimi M.Buranovning yoshlar bilan uchrashuvi o'tkazilib, unda tuman yoshlari tomonidan bir qator taklif va tashabbuslar ilgari surilgan edi.
Ana shunday murojaat yo'llagan yoshlardan biri tumanning Sharq yulduzi mahallasida yashovchi Ozodbek Ochilovdir.
Ozodbek tuman yoshlarining sportga oshno tutinishi, vaqtini mazmunli o'tkazib, sog'lom turmush tarziga rioya qilishlarini ta'minlash, ularga sport saboqlarini o'rgatish uchun mashg'ulot zali so'ragan edi.
Mazkur taklif tuman rahbari tomonidan ijobiy qabul qilinib, uni amalga oshirish bo‘yicha tez fursatda amaliy harakatlar boshlanishi belgilangandi.
Bugun ushbu murojaat ijobiy yechim topib, Ozodbek endilikda tuman markazidagi 1-umumta’lim maktabi sport zalida darsdan tashqari, tungi vaqtlarda qo‘l jangi sport mashg‘ulotlarini olib borish imkoniga ega bo'ldi.
Endilikda yoshlarga bu yerda muntazam sport bilan shug‘ullanish, o‘z mahoratini oshirish va sog‘lom hayot tarzini shakllantirishi uchun imkoniyat yaratildi.
Ma’lumot uchun, Ozodbek Ochilov hozirda Guliston Davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakultetining 4-bosqich talabasi hisoblanadi.
Bu kabi tashabbuslar bugungi yoshlarning faolligi, ongli yondashuvi va jamiyat hayotidagi o‘z o‘rnini topishga intilayotganining yorqin ifodasi bo'lib, ularning ijobiy hal etilayotganligi yoshlarning ertangi kunga bo'lgan ishonchini mustahkamlaydi.