Nurobodlik yoshlar yetakchisi Abdumalik Quvondiqov – O‘zbekiston bo‘yicha TOP-100 talikda!
Mahallalarda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda yoshlar yetakchilarining o‘rni beqiyosdir.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan har chorakda an’anaviy tarzda e’lon qilinadigan TOP-100 eng faol yoshlar yetakchilari reytingining 2025-yil II choragi yakunlari bo‘yicha natijalari e’lon qilindi.
Quvonarlisi shundaki, bu safar e’tirofga loyiq ko‘rilgan yoshlar orasidan Nurobod tumani O‘rtabo‘z mahallasining yoshlar yetakchisi Abdumalik Quvondiqov ham munosib o‘rin egalladi!
Abdumalik Quvondiqov o‘zining tashabbuskorligi, fidoyiligi va yoshlar bilan ishlashdagi samimiy yondashuvi bilan ajralib turadi. U yoshlarni sportga, hunarga, ta’lim va kitobxonlikka jalb etish, ularning muammolarini o‘rganib, yechim topishda faol ishtirok etib kelmoqda.