Nurobodlik yoshlar yetakchilari viloyat bosqichida yuqori natijalarga erishdi
“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” Respublika tanlovining Samarqand viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
Quvonarlisi, Nurobod tumanidan ishtirok etgan mahalla yoshlar yetakchilari ushbu bosqichda faol qatnashishdi.
“Sharq Yulduzi” mahallasi yoshlar yetakchisi Mingboev Asqar Ravshan o‘g‘li tanlovning “Alohida e’tiborga muhtoj yoshlar bilan samarali ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi” yo‘nalishida faxrli 1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichida ishtirok etish uchun munosib yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Po‘latchi mahallasi yoshlar yetakchisi Xoliqulov Yunusjon esa “Yoshlar daftari” tizimi asosida samarali ish tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi” yo‘nalishida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, sovrindorlar safidan munosib o‘rin egalladi.
Qizg‘in bahs-munozaralar asosida o‘tgan tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ushbu natijalar Nurobod tumanida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda mahalla yoshlar yetakchilarining mas’uliyati, tashabbusi va fidoyiligi ortib borayotganidan dalolat beradi.
Mahallalardagi bunday namunali ishlar yoshlarning faolligini oshirish, ularning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qilmoqda.




