Nurobodlik yoshlar Raqamli texnologiyalar maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi
Bugungi shiddatli raqamlashtirish zamonida raqamli texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislarga talab o‘sib bormoqda. Har jabhada raqamli texnolgogiyalar xizmatiga ehtiyoj tug‘iladi. Shunday ekan, sohani yanada rivojlantirish zamon talabi hisoblanadi. Buning uchun, albatta, yetuk mutaxassislar zarur. School 21 raqamli texnologiyalar maktabi ayni muammoga mukammal yechim, deyish mumkin.
Nurobodlik bir guruh raqamli texnologiyalar sohasiga qiziquvchi yoshlar maktabda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.
Samarqandda 2023 yilning dekabr oyida tashkil qilingan School 21 maktabida IT sohasiga qiziquvchi yurtdoshlarimiz bilan birga qo‘shni mamlakatlarning ham 18 yoshdan oshgan fuqarolari kelajak kasbini bepul o‘rganishlari mumkin.
Har bir sohada raqamlashtirish jarayoni izchil davom etayotgan ayni paytda sohani o‘rganish barcha uchun zarur. Shuning uchun maktabda raqamli texnologiyalarni o‘rganayotgan tinglovchilar orasida turli soha vakillari mavjud. Bugungi kunda Toshkent shahrida ham School 21 faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.