insurez
20-03-2025 13:38

Nurobodlik yosh olima Hindistonda bo'lib o'tayotgan "Kelajakni boshqarish" xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda


Ayni kunlarda Hindistonning Noida shahrida “Kelajakni boshqarish: Rivojlanayotgan texnologiyalar va intellektual tizimlar orqali barqaror biznes boshqaruvi” mavzusida 10-xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda. 

19-21-mart kunlari bo'lib o'tayotgan xalqaro tadbir tadqiqotchilar, akademiklar va sanoat mutaxassislari uchun innovatsiyalar va texnologiyalarni barqaror biznes boshqaruviga integratsiya qilish bo‘yicha o'zaro fikr va tajriba almashish imkoniyatini yaratmoqda.

Ushbu xalqaro Konferensiyada Nurobod tumanining Xalqobod mahallasida istiqomat qiluvchi umidli yosh olima Sadinova Madina Muxtarovna ham o'zining zamonaviy kosmetologiya sohasidagi yutuq va muammolar mavzusida qilgan ilmiy ishlari bilan faol ishtirok etmoqda.

Tadbirda O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Sardor Rustamboyev ham ishtirok etib, O‘zbekistondan tashrif buyurgan olim va tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatladi.

Hindistonning Amity Universitetida bo'lib o'tayotgan xalqaro konferensiya zamonaviy dunyoning eng dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashish, innovatsion yechimlarni birgalikda izlash va yosh avlodni yangi ilmiy g‘oyalar sari ruhlantirishga xizmat qiladi.
 

Teglar
- -