insurez
15-02-2025 13:21

Nurobodlik yosh kitobxonlar viloyatda tengsiz!


Xabaringiz bor, 2024-yil Nurobod tumani kitobxonlari uchun ulkan muvaffaqiyatlar yili bo'ldi.

 

Joriy 2025-yil ham kitobxonlik sohasidagi qo'shaloq g'alabalar bilan boshlandi.

 

Har yili muntazam ravishda o'tkazib kelinayotgan "Yosh kitobxon" ko'rik tanlovining Samarqand viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

 

Unda tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh kitobxonlar bilimlarini sinovdan o'tkazishdi.

 

Quvonarlisi, biryo'la 2 yosh toifasida kitobxon qizlarimiz g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

 

Yakuniy natijalarga ko'ra, tanlovning 10 – 14 yosh toifasida tumanimizning Xalqobod mahallasida yashovchi Gulmira Norpo'latova, 15 – 19 yosh toifasida Qo'rg'oncha mahallasidan Mohinur Muxtorovalar faxrli 1-o'rinni egallab, tanlovning hal qiluvchi – Respublika bosqichi yo'llanmalarini qo'lga kiritishdi.

 

Yosh kitobxon qizlarimizni erishgan ushbu ulkan muvaffaqiyatlari bilan qutlab, ularning Respublika bosqichida ham g'olib bo'lib, Prezident sovg'asi – elektromobil sohibalariga aylanishlariga tilakdoshmiz!

Teglar
- -