insurez
15-12-2025 16:03

NUROBODLIK SPORTCHI YOSHLAR PENCHAK SILAT BO‘YICHA O‘ZBEKISTON KUBOGI MUSOBAQALARIDA  YUQORI NATIJALARNI QO‘LGA KIRITDI


O‘zbekiston Respublikasi Penchak silat Federatsiyasi tomonidan joriy yilning 6–12-dekabr kunlari Toshkent shahrida sportning Penchak silat turi bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida “O‘zbekiston Kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli musobaqada Samarqand viloyati sharafini A.Jabborova murabbiyligidagi Nurobodlik yosh sportchilar munosib himoya qilib, Respublika miqyosida yuqori natijalarni qayd etdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra sportchilarimiz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sovrindorlar safidan joy oldilar:

Tungal yo‘nalishi bo‘yicha:
Abduvaliyeva Malika (7–9 yosh) — 1-o‘rin.

Regu yo‘nalishi bo‘yicha:
Asliddinov Umidjon (10–11 yosh) — 1-o‘rin;
Shuxratjonov Shavkatjon (10–11 yosh) — 1-o‘rin;
Abdumajidov Ahadbek (10–11 yosh) — 1-o‘rin;
Turkamanova Xolida (12–13 yosh) — 1-o‘rin;
Sulaymonova Farzona (12–13 yosh) — 1-o‘rin;
Suyunova Diyorabonu (14–16 yosh) — 2-o‘rin;
Erkinova Durdona (14–16 yosh) — 2-o‘rin;
Xudoyberdiyeva Nargiza (14–16 yosh) — 2-o‘rin;
Xaydarov Suhrobjon (17–45 yosh) — 2-o‘rin;
Turdiyev Farrux (17–45 yosh) — 2-o‘rin;
Xudoyberdiyev Mansur (17–45 yosh) — 2-o‘rin.

Ganda yo‘nalishi bo‘yicha:
Dusmurodov Xushnud (14–16 yosh) — 2-o‘rin;
Qodirov Quvonchbek (14–16 yosh) — 2-o‘rin;
Bobobekov Jasurbek (17–45 yosh) — 1-o‘rin;
Xolmurodov Xumoyun (17–45 yosh) — 1-o‘rin.

Tanding yo‘nalishi bo‘yicha:
Asliddinova Nigina (7–9 yosh, –19 kg) — 2-o‘rin;
Murtazayeva Binafsha (17–45 yosh, –55 kg) — 3-o‘rin.

Mazkur natijalar Nurobod tumanida Penchak silat sport turiga bo‘lgan e’tibor va tizimli mashg‘ulotlar hamda yoshlarning qiziqishlaridan dalolat beradi.

G‘alaba bilan barcha sportchilarimizni, murabbiylarni hamda ularning ota-onalarini chin dildan muborakbod etamiz!
Ularga kelgusidagi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz.

Teglar
- -