Nurobodlik Gulmira "Yosh kitobxon" tanlovining Respublika bosqichida faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi
Yosh avlod o'rtasida kitobxonlik muhitini yuksaltirish maqsadida har yili an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining 10—14 yosh toifasi bo‘yicha Respublika final bosqichi yakunlandi.
Ushbu bosqichda Respublikamizdagi 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpog'iston Respublikasidan kelgan eng iqtidorli va zukko yoshlar o'zaro raqobatga kirishishdi.
Quvonarlisi, tanlovda Samarqand viloyati nomidan Nurobodlik yosh kitobxon Gulmira Norpo'latova ishtirok etib, viloyatimiz va tumanimiz sharafini munosib himoya qildi.
Tanlov qizg'in va murosasiz ruhda o'tib, barcha ishtirokchi va tomoshabinlarni so'nggi lahzalargacha hayajonda ushlab turdi.
Yakunda tumanimiz vakilasi, yosh o'quvchi qizimiz G.Norpo'latova jami 334,7 ball to'plagan holda faxrli 2-o'rinni egallab, 75 000 000 so'm pul mukofotini qo'lga kiritdi.
Tuman hokimligi, tuman yoshlar ishlari bo‘limi va tumanimiz aholisi nomidan Gulmira Norpo'latovaning ota-onasiga, fidoyi ustozlariga zukko va barkamol avlod tarbiyasi uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Gulmira Norpo'latovani erishgan ushbu ulkan muvaffaqiyati bilan qutlab, kelgusida bundanda yuksak marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz!
Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati