Nurobodlik dzyudochi xalqaro turnir g'olibi bo‘ldi
Qozog‘istonning Aktau shahrida dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston vakillari ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Mazkur musobaqada Nurobod farzandi, yosh iqtidor egasi Eshpo'latov Jo‘rabek -90 kg vazn toifasida qatnashib, faxrli 1-o‘rinni qo'lga kiritdi.
Jo‘rabek Eshpo'latovning ushbu yutug‘i mamlakatimizda sportning, xususan dzyudo sport turining jadal rivojlanayotganidan dalolat beradi.
Sportchimizni erishgan ulkan yutug'i bilan tabriklab, kelgusida bundanda yuksak marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz!