insurez
31-05-2025 18:04

Nurobodlik 50 nafar nuroniylar Samarqand shahridagi diqqatga sazovor joylarga sayohat qilishdi


Bugun Nurobod tumanidan 50 nafar mehnat faxriysi va nuroniylar Samarqand shahrida yangidan bunyod etilgan “Nuroniylar maskani” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

 

Samarqand shahrining go‘zal hududida qad rostlagan, zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan “Nuroniylar maskani” mehmonlarni iliq kutib oldi. Tashrif davomida faxriylar bu yerda nuroniylar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmatlar, madaniy-ma’rifiy dasturlar hamda sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

 

Nuroniylar ushbu maskan faoliyatiga yuksak baho berib, Davlatimiz Rahbari tomonidan nuroniylarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan chuqur mamnun ekanliklarini ta'kidladilar.

Shuningdek, nuroniy mehnat faxriylari Samarqand shahridagi diqqatga sazovor joylar va tarixiy qadamjolarni ziyorat qildilar. 

 

So'ngra "Nuroniylar maskani"da mo'jaz dasturxon yozilib, samimiy suhbat qurildi hamda faol nuroniylar hamda mehnat faxriylariga esdalik sovg'alari topshirildi.

 

Sayohat davomida nuroniylar ulkan o‘zgarishlar, taraqqiyot, tarixiy merosga bo‘lgan e’tibor va mehnat faxriylariga ko‘rsatilayotgan hurmat uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

 

Ushbu tashabbus yurtimizda “Keksalarni qadrlash – kelajakka hurmat” tamoyili izchil amalga oshirilayotganining amaliy ifodasidir.

Teglar
- -