Nurobodlik 102 yoshli otaxon holidan xabar olindi
Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan nuroniy otaxon va onaxonlarimizning qadr-qimmati va sha'nini ulug'lash, ularning manfaatlarini himoya qilish, fidokorona xizmat va mehnatlarini munosib e’tirof etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday insonlarga misol sifatida Nurobod tumanining Navbahor mahallasida yashovchi Xolmirza Hasanovni ko‘rsatish mumkin. 102 yoshni qarshilagan otaxon o‘zining dono o‘gitlari, pand nasihatlari bilan o'quvchi-yoshlarga haqiqiy ibrat namunasi bo‘lib kelmoqda. Bugun Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov, Nuroniylar jamg'armasi tuman bo'limi mas’ullari, faollar va keng jamoatchilik vakillari X.Hasanov xonadoniga tashrif buyurib, otaxon holidan xabar olishdi. X.Hasanovning yosh avlod tarbiyasida, ularning vatanparvarlik ruhida kamol topishida tutgan o‘rni, ko‘p yillik fidokorona mehnatlari va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga qo‘shgan ulkan hissasi alohida e’tirof etilib, tuman hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Keksalari e'zozlangan, qadr topgan yurtdan hech-qachon qut-baraka, ezguliklar arimaydi.