Nuroboddagi obod bo'layotgan manzillar
Yurtimizda mahallalar obodligi va fuqarolar turmush tarzi farovonligini ta'minlash borasida qator istiqbolli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, Nurobod tumani mahallalarida ham ulkan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Ayni kunlarda Nurobod tumani prokurori, 2-sektor rahbari N.Soyipova tashabbusi bilan sektor hududidagi Oltinsoy va Xalqobod mahallalari hududidagi ichki ta'mirtalab, tuproq yo‘llar tosh-shag‘al qoplamali yo‘llarga aylantirilmoqda.
Xalq roziligi va aholi farovonligini ta'minlash, ularga qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu ishlar joylarda davom etmoqda.