insurez
12-12-2025 17:35

Nurobodda yoshlar uchun yangi o‘quv kurslari boshlandi


Nurobod tumanidagi 1-son Politexnikumida boshlangan ushbu “Quyosh fotoelektr qurilmalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elektromontyor” yo‘nalishidagi qisqa muddatli kursning tayyorgarlik ishlari yakuniy muhokamalar bilan mustahkamlandi.

Muhokama yig‘ilishida tuman hokimligi mutasaddilari, Hindistonning “Larsen & Toubro” kompaniyasi vakillari hamda Politexnikum rahbariyati ishtirok etdi.

Mazkur kursning asosiy maqsadi — malakali kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish va tuman aholisi bandligini oshirishdan iborat. 

Loyiha doirasida hindistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikda ilg‘or tajribalar va amaliy ko‘nikmalarga asoslangan o‘quv dasturlari ishlab chiqildi.

Natijada yoshlar quyosh fotoelektr tizimlarini o‘rnatish, boshqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chuqur bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

Teglar
- -