Nurobodda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov tumandagi oliy ta’lim muassasalarini bitirgan, vaqtincha ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuv yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash, ularning kasbiy salohiyatidan samarali foydalanish va bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish maqsadida tashkil etildi.
Muloqot davomida 60 nafarga yaqin ishlash istagini bildirgan yoshlar hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida yoshlarga 140 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, muloqot davomida yoshlarning ham taklif va tashabbuslari tinglanib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.