Nurobodda “Yashil makon” loyihasi doirasida avtomobil yo‘llari atrofida yashil hududlar barpo etilmoqda
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Nurobod tumanida ham ushbu ezgu tashabbus asosida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, tumandan o‘tuvchi 4R-53 avtomobil yo‘lining yon tomonlarida keng ko‘lamli daraxt ekish ishlari tashkil etilib, ko‘chatlarni parvarishlash, sug‘orish va yashil hududlar yaratish uchun zarur infratuzilma shakllantirilmoqda.
Mazkur ekotashabbus orqali atrof-muhitni muhofaza qilish, havoni tozalash, iqlim o‘zgarishlariga moslashish, avtomobil yo‘llari bo‘yida chang va tuzonlarni kamaytirish maqsad qilingan.
“Yashil makon” loyihasi doirasida bu kabi ko‘kalamzorlashtirish ishlari bosqichma-bosqich tumanning boshqa hududlarida ham davom ettiriladi.
Maqsad — har bir fuqaroda tabiatga mehr, yashil muhitga e’tibor, ekologik madaniyatni shakllantirishdir.