Nurobodda yangi o'quv yiliga munosib tayyorgarlik ko'rilmoqda
Nurobod tumanida yangi o'quv yiliga munosib tayyorgarlik ko'rish hamda o'quvchilarning yanada sifatli ta'lim olishlari uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, tumandagi 1 va 34-umumta'lim maktablari uchun yangi va zamonaviy ruhdagi qo'shimcha o'quv binolari qurish ishlari olib borilmoqda.
Bugun xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari hamda tegishli mas'ullar ushbu maktablarda bo'lib, amalga oshirilayotgan qurilish ishlar holati va yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishishdi hamda maktab mas'ullariga kerakli maslahat va tavsiyalar berishdi.