Nurobodda yangi o'quv maskani foydalanishga topshirildi
Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan.
Xususan, ta'lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e'tibor, sohada olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar ertamiz egalari bo'lgan yosh avlodning har tomonlama sifatli va zamon talablariga to'liq javob beradigan holda ta'lim olishlariga qaratilgan.
Bugun Nurobod tumanining Buloqboshi mahallasi hududida joylashgan 53-umumta'lim maktabi uchun yangi o'quv binosi foydalanishga topshirildi.
Tantanali ruhda o'tgan ochilish marosimida tuman hokimi o'rinbosari S.Xujamiyarov, Nurobod tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mudiri L.Karimov, faxriy ustozlar va maktab jamoasi ishtirok etib, topshirilgan ushbu yangi ziyo va ma'rifat maskani hududda yashovchi jamiki aholi , xususan, o'quvchi yoshlar quvonchiga quvonch qo'shgani, ularni yanada kuchliroq bilim olishga undashi alohida ta'kidlandi.