Nurobodda xotin-qizlar masalalariga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazildi
Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida viloyat hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Saidova ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tuman hokimining o‘rinbosari Z.Sadinova, tumandagi faol xotin-qizlar va otinoyi onaxonlar qatnashib, ayollarning jamiyatdagi o‘rni, farzandlar tarbiyasidagi mas’uliyati, yosh oilalar mustahkamligi hamda erta turmushning salbiy oqibatlari yuzasidan batafsil fikr-mulohazalar bildirildi.
Qabul davomida oilalarda ajrimlar sonini kamaytirish, yoshlarda “Oila muqaddas” degan ezgu g‘oyalarni shakllantirish hamda ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.