insurez
28-01-2025 12:55

Nurobodda xavfsiz hudud tamoyili asosida qilingan ishlar muhokama etildi


Bugun Nurobod tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ishchi guruhi ishtirokida muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda tuman hokimi S.Berdiqulov, sektor rahbarlari, mahalla yettiligi va boshqa mas'ul tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Yig'ilishda tumanda "Xavfsiz hudud" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining oldini olish, jamoat xavfsizligini ta'minlash va profilaktika ishlarini kuchaytirish masalalari batafsil muhokama etildi.

Yakunda ushbu vazifalar ijrosi hamda tumanda ijtimoiy xavfsiz muhit va aholi farovonligini ta'minlash yo'lida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
 

Teglar
- -