Nurobodda "Xavfsiz hudud" profilaktik tadbirlari o'tkazib kelinmoqda
Nurobod tumanida jamoat xavfsizligini ta'minlash, turli huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining oldini olish borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bugun Sarikul mahallasida tuman IIB boshlig'i A.Otamuradov rahbarligida profilaktika inspektorlari va IIB mas'ullari uchun saf ko'rigi o'tkazildi.
Unda tumanda "Xavfsiz hudud" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning barvaqt oldini olish, aholi xavfsizligini ta'minlash va profilaktika ishlarini kuchaytirish masalalari batafsil muhokama etildi.
Yakunda ushbu vazifalar ijrosi hamda tumanda ijtimoiy xavfsiz muhitni ta'minlash bo'yicha yo'riqnomalar tarqatilib, amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.