Nurobodda tadbirkorlar qabuli o'tkazildi
Bugun Nurobod tumani Davlat xizmatlari markazida tuman hokimi M.Buranov, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i O.Azimov ishtirokida tadbirkor va ishbilarmonlar qabuli o'tkazildi.
Qabulda tadbirkorlar tomonidan faoliyatida uchrayotgan to'siq va qiyinchiliklar, muammoli holatlar hamda tashabbus va takliflari yuzasidan 10 dan ortiq murojaatlar yo'llandi.
Tuman rahbari har bir murojaatni batafsil tinglab, ularning ijobiy hal etilishi, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mas'ullarga topshiriq va vazifalar berdi.