Nurobodda tadbirkorlar bilan soliq sohasidagi yangiliklari bo‘yicha muloqot bo'lib o'tdi
Bugun Nurobod tumani 18-son bolalar musiqa va san’at maktabida tuman soliq inspeksiyasi xodimlari, tadbirkorlar hamda fuqarolar ishtirokida o'quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda soliq siyosati sohasidagi yangiliklar, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili, shuningdek Paynet “Xolis” ilovasidan foydalanish tartibi va sohaga oid boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga amaldagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi, tadbirkorlar va fuqarolarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.
Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.




