Nurobodda “Samarqand viloyati joy nomlarining izohli lug'ati” kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi
Bugun Nurobod tumani 18-son bolalar musiqa va san'at maktabida Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Samarqand viloyati hokimligi tashabbusi bilan chop etilgan “Samarqand viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati” kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘limi, Axborot-kutubxona markazi a'zolari, faol kitobxonlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Taqdimot davomida tuman hokimining maslahatchisi U.Tilavov yig'ilganlarga lug‘atni tayyorlash jarayoni, unda keltirilgan tarixiy, geografik va tilshunoslik jihatidan qimmatli ma’lumotlar haqida batafsil ma'lumotlar berdi.
Tadbir yakunida Axborot-kutubxona markaziga “Samarqand viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati” hamda boshqa turli sohalarga oid nashrlar esdalik sovg'asi sifatida topshirildi.