insurez
03-09-2025 16:00

Nurobodda Respublika ishchi guruhi va tuman hokimi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi


Bugun Nurobod tumanida Respublika ishchi guruhi hamda tuman hokimi M.Buranov ishtirokida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. 

Sayyor qabulda aholi tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, uy-joy va yer masalalari kabi turli yo‘nalishlarda murojaatlar bildirildi. 
Har bir murojaat mutasaddilar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, yechimi bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Sayyor qabul davomida bir qator murojaatlar joyida ijobiy hal qilindi, ayrim masalalar bo‘yicha esa belgilangan tartibda huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
 

Teglar
- -