Nurobodda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi keng nishonlandi
Bugun Nurobod tumani Madaniyat saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda tuman hokimligi, huquqni muhofaza qilish organlari, tumandagi korxona va tashkilotlar vakillari, taʼlim muassasalari xodimlari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik ishtirok etishdi.
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. Rasmiy qismda soʻzga chiqqan mutasaddilar Konstitutsiyaning xalqimiz hayotidagi ahamiyati, uning fuqarolik huquq va erkinliklarini taʼminlashdagi oʻrni, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar haqida maʼlumotlar berishdi.
Bayram tadbiri doirasida badiiy-madaniy dastur taqdim etilib, tumanimizning yosh iste'dodli ijodkorlari tomonidan vatanparvarlik ruhidagi musiqiy chiqishlar hamda raqslar namoyish etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga bayramona kayfiyat va quvonch ulashildi.




