Nurobodda "Ommaviy diktant" savodxonlik aksiyasi o'tkazildi
Bugun Nurobod tumanida davlat tashkilotlari va korxonalari xodimlari orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ'ib qilish maqsadida Nurobod tumani hokimligi hamda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Nurobod tumani Kengashi hamkorligida "Ommaviy diktant" savodxonlik aksiyasi o'tkazildi.
Unda xodimlar tanlangan matn asosida diktant yozib, davlat tilida yozish ko'nikmalari va savodxonliklarini sinovdan o'tkazib olish imkoniga ega bo'lishdi.
Yakunda eng yuqori natijalarni qayd etgan va turli nominatsiyalarda g'oliblikni qo'lga kiritgan xodimlar tuman hokimligining diplom va maxsus esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.