Nurobodda “Ochiq eshiklar kuni” va “To‘garaklar festivali” o‘tkazildi
Bugun Nurobod tumanida “Barkamol avlod” bolalar maktabi tashabbusi bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” hamda “To‘garaklar festivali” tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir doirasida sportning shaxmat-shashka, “Men sevgan kasb” mavzusida rassomlik ko‘rik-tanlovi, shuningdek hunarmandchilik va qo‘l mehnati, robototexnika, turizm va ekologiya yo‘nalishlarida ko‘rgazmalar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir yakunida musobaqa va tanlovlar g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur tadbirlar yoshlarni sport, san’at va hunarmandchilikka keng jalb qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda kasbga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.